Nabaviy odob (izn so'rash odobi)
06 июл 2018 й.
123 марта ўқилди.

               
 Nabaviy odob (izn so'rash odobi)
 
Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning izn so`rashlari qanday bo`lgan ?
Agar birov: “Inson boshqalarning eshigini taqillatib ulardan izn so`ragan paytda qanday holatda turadi. Eshikka yuzlanib turadimi yo orqa o’giribmi yo yoni bilan turadimi?, deb so`rasa.
              Bu savolga javob o`laroq quyidagi hadisni keltiramiz: Imom Ahmad va Abu Dovud Abdulloh ibn Busrdan, Nabiy sallollohu alayhi va sallam izn so`ramoqchi bo`lgan eshiklarining oldiga kelsalar, unga yuzlanib turmasdilar. O`ng va chap tomon bilan kelib turardilar. Agar izn berilsa kirardilar. Izn berilmasa qaytib ketar edilar.
         Rasul alayhissalom yosh bolalardan izn so`rar edilar:
Imom Buxoriy va Muslim Sahl ibn Sa`d roziyallohu anhudan, Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga bir ichimlik keltirildi, undan ichdilar. O`ng tomonlarida bir yigit va chap tomonlarida yoshi kattalar bor edi. Yigitga: “Men anavilarga berishimga izn berasanmi?, dedilar. U yigit: “Allohga qasamki, yo`q, yo Rasululloh! Sizdan bo`lgan nasibamga biron kishini ustun qo`ymayman, dedi. U zot alayhissalom uni yigitning qo`liga qo`ydilar. 
Alloh taolo bu odobni avlodlar o`tib va zamon izma-iz kelaverishi jarayonida tilovat qilinaveradigan oyatlar bilan xoslab qo`ygan. Oilaviy va ijtimoiy hayotda bu odobning ahamiyati katta. Shu tufayli katta sahobiylardan tashqari Abu Said Xudriy roziyallohu anhu kabi yosh sahobalar ham bu odobni bilganlar.
Imom Buxoriy “Adabul–mufrad”da Ubayd ibn Umayrdan rivoyat qiladilar: “Abu Muso Ash’ariy Umar ibn Xattobdan izn so`radilar va u zotga izn bermadilar. Xoynaxoy Hazrati Umar band bo`lgan bo`lsalar kerak. Abu Muso qaytib ketdilar. Umar roziyallohu anhu yumushlaridan bo`shagach: “Abdulloh ibn Qaysning ovozini eshitdimmi?  Unga izn beringlar, dedilar. U zotga: “U qaytib ketdi, deyildi. Uni chaqirtirdilar. Abu Muso: “Biz ana shunga buyurilganmiz, dedilar. Umar: “Ana shu so`zga dalil keltiring, dedilar. Abu Muso to`planib turgan ansorlarning oldiga borib ulardan so`radilar va ular: “Sizga bizning eng yoshimiz Abu Said ham guvohlik bera oladi, deyishdi. Abu Said bilan birga ketdilar. Umar roziyallohu anhu: “Menga Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning ishlari maxfiy qolibti. Meni bozordagi savdolashish ya`ni, tijoratga chiqish band qilib qo`ygan ekan, dedilar.
Alloh taolo nabaviy odoblarni o'rganib, ularni hayotimizga tatbiq qilishni muyassar qilsin.
 
(давоми бор...)
 
Mir Arab Oliy madrasasi 1-bosqich talabasi 
Solixov Dilshod 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:35
Куёш: 06:25
Пешин: 13:10
Аср: 17:25
Шом: 19:05
Хуфтон: 20:25
Тўлиқ тақвим »
Сайтдан излаш
Аудио
Telegram