Nabaviy tarbiya (omonatdorlik)
12 2018 .
21 қ.

 Nabaviy tarbiya (omonatdorlik)

Omonatdorlik sof tabiiy xulqdir. Hech bir insonning asliy tabiatida xiyonat qilish degan salbiy axloq bo'lmaydi. Sayyidimiz Muhammad sallollohu alayhi va sallam bolaliklaridan to risolat davrigacha ham omonatdorlik degan sof xulq bilan sifatlangan edilar. Hatto, mushriklar u zotni “As–Sodiqul Amiyn, deb sifatlagan. Ana shuning o`zidayoq bolajonlarimiz uchun Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga ergashish ibrat–namunasi bor. Makka mushriklari o'zlarining qimmatbaho buyumlarini u zot alayhissalomga omonat qilib berishardi. Hatto mushriklar Rasululloh sallollohu alayhi va sallamni o'z uylarida qatl qilamiz deb jamlanib kelib turganda ham u zot alayhissalom hazrati Ali roziyallohu anhuga uylaridagi omonatlarning egalarini tanishtirib, salomat topshirishni tayinlaganlar. Ha, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam yomonlikka yomonlik bilan javob bermaganlar. 
Omonatdorlik faqat moddiy narsalarda emas. Zero, Nabiy alayhissalom “Sahih”da kelgan rivoyatda: “Bola otasining mol–mulk haqida javobgar va u raiyyati haqida mas’uldir”, deyilgan.  Ya'ni, qo'l ostidagilar haqida javobgar. Ularning haq-huquqlarini ado etishi kerak.
Rasululloh sallollohu alayhi va sallam omonatdorlik xulqiga katta ahamiyat berganlar va bu borada bolalarning ham  kamchilikka yo'l qo'yishiga rozi bo`lmaganlar. Unga rioya etmagan paytidayoq unga tanbeh berib qulog`idan tortib qo’yganlar.
Navaviy “Azkor”da aytadilar: “Ibn Sunniyning kitobida Abdulloh ibn Busr roziyallohu anhudan rivoyat qildik, u zot aytdilar: “Onam meni Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning huzurlariga bir bosh uzum bilan jo’natdilar. Uni Nabiy alayhissalomga olib borishimdan oldin undan yedim. Uni olib kelganimda, qulog’imdan ushla: “Ey xiyonatchi!”, dedilar.
Alloh taolo u zot alayhissalomning axloqlari ila xulqlanishni hammamizga muyassar qilsin.

Mir Arab Oliy madrasasi 1-bosqich talabasi
Solixov Dilshod 
«қ

-
: 04:40
: 05:30
: 13:10
: 18:40
: 20:20
: 21:40
Ңқ қ »
»
Telegram