Nabaviy odob( yaqinlarga nisbatan)
03 2018 .
174 қ.

 

                      Nabaviy odob( yaqinlarga nisbatan)

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam katta yoshli bo`lsin yo kichik har qaysi bir do`st-u yaqin isnonga uni qo`rqitish yoki qalbiga qo`rquv solish uchun biron qurol bilan ishora qilishdan qaytardilar, bunga yo`l  qo`ymadilar.

Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan, u zot aytadilar: Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: Kim o`zining do`stiga bir temir bilan ishora qilsa, hatto uni qo`ygunicha farishtalar unga la`nat aytadi. Agarchi u  o`zining tug`ishgani  bo`lsa ham, dedilar.

Nabiy alayhissalom farzandlarga katta aka uchun islomda xos bir daraja borligini ta`kidlab qo`yganlar. Bunday martaba, u oila qiyinchiliklari, kichik ukalarini tarbiyalash mas`uliyati-yu ularga g`amxo`rlik  qilishni  o`z  zimmasiga olgani sabablidir.

Imom Tabaroniy Kulayb AlJuhaniy roziyallohu anhudan, aytadilar: Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: Akaukalarning kattasi otaning o`rnida, dedilar. Agar ota-ona katta farzandning qalbiga kichik ukalariga nisbatan mehr-muhabbat, rahimdillik niholini o`tqazsalar va kichigining qalbiga akaga nisbatan hurmat ehtirom va qadrlash niholini o`tqazsalar, ana shu sabab oila mo`tadil holatda davom etadi va har birlari boshqaning zimmasidagi o`z haqini bilishdan oldin unga nisbatan bo`lgan o`z  zimmasidagi  vazifasini  bilib  oladi.

O'zaro hurmat har bir ezgulikning asosidir. Bunga erishish yo'li ham aniq. Ya'ni, Nabiy alayhissalomning bu boradagi ko'rsatmalarini ta'lim olib va unga amal qilish lozim.

 

Mir Arab Oliy madrasasi 1-bosqich talabasi

Solixov Dilshod

«қ

-
: 06:40
: 07:30
: 13:10
: 15:55
: 17:30
: 18:55
Ңқ қ »
»
Telegram