Sahobalar hayotidan ibrat.
20 2019 .
370 қ.

 

Sahobalar hayotidan ibrat.

      Payg’ambarimiz s.a.v ning suyukli sahobalaridan biri bo’lmish Abu Dardo r.a ning hayotlariga bir nazar tashlaylik. Abu Dardo r.a barcha nomozlarini Masjidi nabaviyada, Rasulullohning ortlarida turib o’qishda harakat qilardilar. Shuning uchun erta kelib, kech qaytardilar. Payg’ambarimiz Muhammad Mustaffo s.a.v ning nomozdan keyingi suhbatlarini diqqat bilan tinglardilar biroq, xurmo terish mavsumi boshlanganida Abu Dardo r.a avvalgidan kechroq kelib, ertaroq ketadigan bo’ldilar. Bu hol Payg’ambarimizning diqqatlarini tortdi. Shunda payg’ambar a.s Abu Dardo r.a ni yonlariga chaqirib:
- Sening masjidga kelib-ketishingda bir o’zgarish ko’ryapman. Nima bo’ldi? – deb so’radilar.
- Shu kunlarda qo’shnimizning xurmo daraxti mevalarini to’ka boshladi, - dedilar Abu Dardo r.a uzurli ohangda. – Xurmolar bizning hovliga ham tushyapti. Bolalarim qo’shnimdan be so’roq ularni yeb qo’yishmasin, degan xavotirdaman. Bomdodga kelishdan oldin to’kilgan xurmolarini to’plab, qo’shnimning bog’iga o’tkazib qo’yaman. Shu sabab masjidga kech qolyapman. Men masjiddaligimda ham daraxtlardan xurmo to’kiladi. Ularni yig’ib, qo’shnimnikiga qo’yish uchun shoshilaman. Shunday qilsam, bolalarim harom yemaydi, qo’shnimga ham zarar yetmaydi.
      Paygambarimiz Muhammad Mustaffo s.a.v Abu Dardoning bu so’zlaridan mamnun bo’ldilar va u kishining haqlariga duo qildilar. 
Alloh taolo iloho barchalarimizni Abu Dardodek qo’shnilarning haqqidan hayo qiladigan va o’ziga taqvo qiladiganlardan aylasin.
 
Peshko` tuman “Malishoyak” 
Jome`  masjidi imom xatibi  
Sh.Rahmonov
 
«қ

-
: 05:15
: 05:57
: 13:10
: 17:50
: 19:40
: 21:05
Ңқ қ »
» »
»
Telegram