''Abdulloh ibn Abbos'' jome masjid tarixi
11 2020 .
33 қ.

 

''Abdulloh ibn Abbos'' jome’ masjid tarixi

Buxoro viloyati Jondor tumanida joylashgan ''Abdulloh ibn Abbos'' jome’ masjidi 2003-yillarda hashar yo'li bilan qad ko'targan. Buxoroning qo'li gul ustalari  Qahramon va Umarbeklar tomonidan qurilgan. 2005-yilda masjid xalqimiz mo’min-musulmonlari toat-ibodatlarini emin-erkin ado etishliklari uchun o'z faoliyatini boshlagan. Masjidning nomi Mir Arab o'rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi bo'lmish Azizxo'ja Inoyatovning tavsiyalari orqali ''Abdulloh ibn Abbos'' deb nom olgan. Masjid xonaqosida bir vaqtning o'zida yuzga yaqin kishi namoz o'qiy oladi. Masjidda yana imom-xatib xonasi, tahoratxona, qorovulxona va omborxona mavjud. Tahoratxonada bir vaqtda sakkiz kishi bemalol tahorat olishi uchun barcha qulaylik va sharoitlar yaratilgan. Masjid sharqona uslubda qurilgan bo’lib, ayvonlar peshtoqining balandligi 5 metr, binoning umumiy balandlik hisobiga ko’ra, 12 metrni tashkil qiladi. Hozirda masjidda barcha imkoniyatlar yaratilgan bo’lib, mo'min-musulmonlarimiz toat-ibodatlarini ado etib kelmoqdalar.

Jondor tumani ''Abdulloh ibn Abbos'' jome’ masjid
imom-xatibi Sherov Shuhrat
 
«қ

-
: 04:30
: 05:17
: 13:10
: 18:30
: 20:10
: 21:45
Ңқ қ »
» »
»
Telegram