Ривоят асосида ёзилган тафсир (давоми-02)
30 январ 2016 й.
1545 марта ўқилди.

 Ривоят асосида ёзилган тафсир (давоми)

Agar biz Qur`on va Tavrotda yoki Qur`on va Injilda kelgan bir xil mavzuni olib, ularni muqoyasa qilib ko`rsak, maslakda (bayon qilish usulida) jiddiy ixtiloflar borligini ko`ramiz.
Masalan: Odam alayhissalom qissasini olaylik. Bu qissa Tavrotda ham kelgan. Qur`onda esa juda ko`p joyda kelgan bo`lib, eng uzun va keng bayon etilgani “Baqara” va “A`rof” suralaridadir. Lekin bu suralarda ham jannatni qayerdaligi, Odam va Havvoga yeyish man` etilgan daraxtning nomi, qaysi hayvonning sababi bilan Shayton jannatga kirib olib, Odam va Havvoni xato qildirishga imkon topgani, Odam va Havvo jannatdan chiqarilgandan so`ng qaysi yerga tushganlari to`g`risida batafsil ma`lumot yo`q. tavrotga nazar solgan kishi esa, Odam va Havvo yaratilgan jannat Adan (Adan – Somali davlati, Qizil dengiz va Ammon dengizi oralig`idagi yer)ning sharqida joylashganligini, Alloh ularga yeyishni man` etgan daraxt jannatning o`rtasida bo`lib, uni “hayot daraxti yoki yaxshilikni va yomonlikni bildiruvchgi daraxt” deb nomlanishini, Shaytonning jannatga kirishiga ilon yordam berganligini, shuning uchun Alloh uni qorni bilan yuradigan va tuproq yalaydigan qilib jazolaganini, Havvoni va uning zurriyotini esa qornida bola ko`tarib, mashaqqat bilan tug`ish jazosiga mahkum ekanligini va boshqa shunga o`xshash hodisalarni batafsil bilib oladi. 
 
Shuningdek, Qur`oni karimda Iso alayhissalomning qissasi, uning mo`jizalari haqida “Maryam”, “Oli Imron” va “Moida” suralarida mo`jazgina xabarlar mavjud bo`lsa ham, bu suralardea Iso alayhissalomning nasabi, qanday tug`ilgani, qayerda tug`ilgani, Maryamga tuhmat qilingan odamning nomi, Osmondan tushgan dasturxondagi taomning nav`I, Iso alayhissalom kasalni davolagan va o`likni tiriltirgan vaqtdagi hodisalar haqida batafsil aytilmagan. Ammo bu ma`lumotlar Matto, Mark va Luka injillarida mufassal bayon etilgan. 
Musulmonlar o`z kitoblarida berilgan ma`lumotlarning mo`jaz ekanligini, boshqa din ahllarining kitoblarida esa bu ma`lumotlar mufassal berilganini ko`rib, o`zlarining bilimlarini va mukammallashtirish maqsadida ulardan ba`zi rivoyatlarni iqtibos qilib olishlari mumkinmi yoki yo`qmi? Qur`on tafsirlariga isroiliyotlar qachondan boshlab kirib kelgan? Isroiliyotlardan tafsirda foydalanishning chegarasi nima bilan belgilanadi? Ana shu savollarga javob berishga harakat qilamiz.
 
Ma`lumki, Qur`oni karim tafsiriga isroiliyotlarning kirib kelishi sahobalar davridan boshlangan edi. Buning birihnchi sababi yuqorida aytib o`tilganidek, Qur`onning juda ko`p oyatlaridagi qissalarning Tavrot vqa Injilda keltirilgan qissalarida muvofaqati bo`lsa, ikkinchi sababi Qur`onning mo`jazligi, Tavrot va Injilning ayni xabarga mufassalligi edi. Uchunchi sababi esa sahobalar zamonida tafsir uchun asosiy masdarlardan biri ahli kitoblar edi. Mufassir sahoba Qur`oni karimdagi biror qissaga kelganda, bu qissani batafsilroq tushuntirishga mayl qilardi va islomni yangi qabul qilib, musulmonlar bilan birga yashayotgan yahudiy yoki nasroniydan eshitishga majbur bo`lardi. Chunki sahobaning Qur`on oyatidagi qissalar haqidagi savoliga yahudiy yoki nasroniydan boshqa odam javob bera olmas edi.
 
 
 
Азизхўжа Иноятов
Бухоро туман Чаҳор Бакр жомеъ
Масжиди имом хатиби
 
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 06:00
Куёш: 06:54
Пешин: 13:10
Аср: 16:40
Шом: 18:20
Хуфтон: 19:40
Тўлиқ тақвим »
Сайтдан излаш
Аудио
Telegram