Ал-ҳикам ал-Атоийя: 14- hikmat
01 июн 2015 й.
725 марта ўқилди.

  14- hikmat

 
" الكون كله ظلمة و إنما أناره ظهور الحق فيه فمن رأي الكون و لم يشهده فيه أو عنده أو قبله أو بعده فقد أعوزه وجود الأنوار و حجبت عنه شموس المعارف بسحب الآثار "
 
Tarjima:
 
“ Aslida butun koinot zulmatu yo’qlikdir. Uni haq taoloning zohirligi ya’ni borligi  nurlantirdi. Bas kimki koinotni ko`rsa-yu unda yoki undan oldin yoxud undan keyin U zotni mushohada nazari bilan ko`rmasa, unga (koinotdagi) nurlar foyda bermabdi ( yana nurga muhtoj bo`lib qolibdi) va ushbu asarlar ya’ni maxluqotlar  bulutlari uni ma`rifat quyoshlaridan to`sib qo`yibdi”. 
 
Sharh :
 
Ey inson,  sen ko`rib turgan, sen bilgan va bilmagan bu koinotning barchasi asli yo`qlikdir. Ularning borligi asliy emas, balki ularni iyjodu xalq qilgan yaratuvchining paydo qilishi bilandir. “ Ular o`z-o`zidan, hech qanday ta`siru iyjodsiz paydo bo`lgan narsalar, tabiat qonuni” – deya  o`zingni aqlsizlarga mansub qilma. U narsalarning barchasiga “ Allohning maxluqoti” – sifatidagina nazar sol. O`sha koinotni ko`rib undagi narsalarning ajoyibligi va ularni qurshab turgan ko`rinmas himoya qo`li seni Allohga olib borsin, Unga chorlasin. Aslida boshqa koinotlarga nazar solishdan oldin o`z nafsing haqida fikr yurgizishliging seni Allohning haqligiga dalolatu hidoyat qilardi. Bilginki, shuncha narsalarni ko`rib ham Allohni mushohada qilmagan, U zotning buyukligi va qodirligi haqida fikr yuritmagan inson - aqlu idroki juda zaiflashgan shaxsdir. Uning qalbidagi jaholat bulutlari ma`rifat nurlari to`sib qo`ygan.
Qor yoki tuproq ustida odam izini ko`rgan kishi o`sha iz o`z-o`zidan paydo bo`lib qolgan deb, izning asosiy egasi, sababchisi bo`lmish odamni inkor qilsa aqlan zaif sanalganidek, ushbu koinotni ko`rib turib uning yaratuvchisi borligiga shubha qilgan kishi ham nodon hisoblanadi. Qalbingni maxluqotlar va dunyo bilan band qilib qo’yib, uning atrofiga undan haq nurini to`sadigan bulutlar hosil qilma! Zero qalbingga ma`rifat quyoshining nurlari qanchalik ko`proq tushsa bu koinot va undagi barcha narsalarning asl qiymati sen uchun shunchalik aniq tarzda ayon bo’laveradi, dunyo matosini qanchalik arzimas va past ekanligini bilib, bularning barchasini yaratuvchisi bo’lmish Alloh taologa tobora yaqinlashib boraverasan. Shuningdek sen ham shu koinotning bir bo’lagisan. Sening o’zing ham aslida yo’qliksan. Seni U zot bor qildi, rizq berdi va O’z inoyati ichiga oldi. Modomoki, seni nafsing, turli istak va orzularing U zotdan to’sadigan bo’lsa demak qalbing zulmatdadir. Qalbingni nurlantira oladigan va buning natijasida barcha ishlaringda seni xotirjam va tadbirkor qiladigan yagona narsa U zotning nuri qalb koshonangga kirishidir. Seni haqiqiy tiriklar safidan qiladigan va dunyoyu oxiratda saodatli bo’lishinga olib boradigan ham Allohning nurini vujudingga aralashishi va hayot yo’lingni o’sha nur yoritishidadir. Unga intil va haqiqatga erish! 
 
 
Mir Arab madrasasi kutubxonachisi
Jiyanov Ulug`bek
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 06:05
Куёш: 06:54
Пешин: 13:10
Аср: 16:40
Шом: 18:20
Хуфтон: 19:40
Тўлиқ тақвим »
Сайтдан излаш
Аудио
Telegram