Abu Abdulloh Horis ibn Asad al-Muhosibiy
25 ноябр 2014 й.
577 марта ўқилди.

Abu Abdulloh Horis ibn Asad al-Muhosibiy

Bu zotni zamonalarida ilm va taqvoda õxshashlari yõq edi. Özlari asli Basra shahridan edilar, u zot Bag\\'dodda 243 sanada vafot etdilar. Ustoz Abu Aliy Daoqqoqdan eshitdim, u kishi aytardilar: Horis al - Almuhosibiy shubhalik biror taomga qõl uzatsalar barmoqlaridagi tomirlari harakatga kelardi. Sõng qõllarini taomdan tortib undan õzlarini tiyardilar. Abu Usmon Baladiy aytadilar: Horis al- Muhosibiy rohimahulloh kimki botinini muroqaba va ixlos bilan tuzatsa Alloh uning zohirini tirishqoqlik va sunnatga ergashish bilan ziynatlab qõyadi deb aytdilar. Junayd rohimahullohdan rivoyat qilinadi, u kishi aytadilar : bir kuni yonimdan Horis al-Muhosibiy õtib qoldilar, men u kishida ochlik asarini kõrib ey amakijon uyimizga kirib ovqat tanovul qilib olsizmi dedim. U kishi ha dedilar. Sõng uyga kirib ba\'zi bir yeguliklar olib chiqdim. U taom menga qishloqdan nikoh tõyi marosimidan keltirilgandi. Men uni u zotning oldilariga qõydim. U zot undan olib og\'izlariga bir luqmasini solib og\'izlarida bir necha marta aylantirdilarda, sõng õrinlaridan turib u luqmani dahlizga otdilarda chiqib ketdilar. Sõng men u zotni bir necha kun õtib kõrib qoldim va bu ishlarining sababini sõradim. U kishi men õshanda och edim, yeyishimni maxfiy sirli qilib qalbingni yomon õydan saqlamoqchi edim lekin, mening va Alloh taoloning orasida bir alomat borki bu shubhali taomni tanovul qilishga ruxsar bermaydi. Shu sabab men õsha kuni taomni yuta olmadim. U taom senga qayerdan kelgandi, dedilar. Men u taom menga uyi yaqin bir kishining nikoh marosimidan keltirilgan dedim. Sõng bugun ham kirasizmi desam u kishi ha dedilar. Keyin men u kishiga õzimizga tegishli ba\'zi siniq non bõlaklarini olib keldim, u kishi undan yedilar. Keyin esa agar biror faqirga bir narsa olib kelsang unga mana shunga õxshash narsa olib kelgin, dedilar.
 
S.To`ymurod
Yozda Ahmadi Vali masjidi imom-xatibi
 

«орқага