Abu Ali Shaqiq ibn Ibrohim al-Balxiy
25 ноябр 2014 й.
583 марта ўқилди.

bu Ali Shaqiq ibn Ibrohim al-Balxiy


Bu zot Xuroson mashoixlaridan bo`lganlar. Bu zotning tarki dunyo qilishlariga sabab, u kishi bir kuni bir qulni ko`rsalarki qahatchilik, qiyinchilik bir zamonda o`ynab, xursand bo`lib yuribdi, boshqa insonlar esa yemish muammosi bilan ovora. Shaqiq rohimahulloh: “ Sendagi bunday xursandlikning sababi nima ? Atrofingdagi insonlar qahatchilik sabab ko`ryapsan tinmay mehnat bilan bandlar”, deya so`radi. Haligi qul: “ Mening va hojamning bu borada hech qanday g`amimiz yo`q , sababi hojamning yaxshi bir ovullari bor. Bizga u yerdan doim kerakli yemish ovqatlar kelib turadi”, dedi. Shunda Shaqiq rahmatullohi alayh xushyor tortib: “ Agar bu qulning mavlosining bir ovuli bo`lsa va bu mavlosi muhtoj bir maxluq banda bo`lsa, undan keyin bu qul o`zining rizqi uchun g`am-qayg`u ham chekmayotgan bo`lsa, unda qanday qilib haqiqiy musulmon banda o`zining rizqi uchun g`am qayg`u chekishi mumkin? Axir uning Hojasi eng behojat- g`aniy Zot-ku!!!”, degan ekanlar.
Shaqiq rohimahulloh: “ Kimki boshiga tushgan musibatini Allohdan boshqaga shikoyat qilsa u hech qachon qalbida Alloh taologa toat qilishning halovatini topmaydi”, -deydilar.
Yana u zot: “ Agar rohat ichra yashashni istasang o`zingga yetgan barcha musibat, imtihonlarni ichingga yut, topgan narsangni kiy, Allohning senga nisbatan qilgan hukmiga rozi bo`l”, -deydilar.

S.To`ymurod
Yozda Ahmadi Vali masjidi imom-xatibi

«орқага