Buxoroi Sharif turizm sohasining markaziga aylanmoqda.
31 июл 2017 й.
268 марта ўқилди.

 

Buxoro azaldan Osiyoning mashhur shaharlaridan hisoblanib kelingan. Bu shaharning o`zgacha ko`rki-tarovati, xalqining mehmondo`stligi sayyohlarni doimo o`z bag`riga chorlaydi. Pirlar duosi ketgan bu shahar madaniyat o`chog`i sifatida ham e`tirof etiladi. Buxoroi Sharifni ziyorat etish maqsadida keluvchi sayyohlarning esa sanog`i yo`q.
Joriy yilning 28-30 iyul kunlari shahrimizga Malayziya va Indoneziya davlatlaridan bir guruh sayyohlar tashrif buyurdilar. Bu tashrifdan asosiy maqsad, Buxoroning muqaddas qadamjolarini ziyorat etish, tarixiy yodgorliklarini, diqqatga sazovor obidalarni ko`zdan kechirish, davlatlar o`rtasida hamdo`stlik aloqalarini yanada oshirish, turizim salohiyatini rivojlantirish, sayyohlar sonini bir necha barobarga orttirish va Buxoroning tarixiy nufuzini dunyo bo`ylab ko`rsatishdan iborat. Sayyohlar guruhi o`zgacha hurmat bilan kutib olindi. 
29-iyul kuni ziyoratchilar dastlab Bahouddin Naqshband ziyoratgohiga tashrif buyurishdi. Bu obod maskan tarovatidan zavqlangan 126 nafar sayyohlarni anjumanlar zaliga taklif etildi. Ularga hamrohlik qilayotgan Turizm vaziri o`rinbosari hamda mutasaddi tashkilot vakillari sayyohlarga Buxoro va Samarqand shaharlaridagi muborak qadamjolar haqida qisqacha ma`lumot berib o`tdilar. Qayta rekonstruksiyalar natijasida obodonlashtirish ishlari avj pallada ekanligi aytildi. Islom dini rivojiga hissa qo'shgan allomalarga qaratilgan ushbu yuksak ehtirom sayyohlarni mamnun etdi. So`zga chiqqan O’zbekiston musulmonlari idorasi  Buxoro viloyati bosh imom xatibi Mansur Nurullaev Buxoro shahrining ming yillar davomida shakllangan tarixiy mavqei, madaniy nufuzi haqida mazmunli fikr yuritdi. “Bu zamin qancha buyuklarni kamolotga yetkizgan. Qanchadan qancha avliyolar qadami yetgan, qancha ilmli kishilarni qo`llab quvvatlagan Buxoro shahri mehmonlarga doim quchoq ochadi. Bu tuproqda ilohiy qudrat borligi jahonga sir emas. Bugungi kunda tashrif buyuruvchilar buni o`z qalblari bilan his etmoqdalar,” deya boshlangan nutqda Bahouddin Naqshband siymosi tilga olindi, hozirgi majmua haqida batafsil aytib o`tildi.
O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi  maslahatchisi Abdulhamid Tursunov sayyohlarga   O’zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining duoyi salomlarini etkazdi. Bu kabi bardavom va savobli ishlarga yurtboshimiz qanchalik xayrixoh ekanliklarini aytib, kelgusi tashriflarda ham ochiq yuz bilan kutib olishlarini e`tirof etdi. Bu kabi turizm salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlar sayyohlarni behad quvontirdi.
Ziyoratchilar so`ngra labi hovuz, ark qo`rg`oni, minorai kalon yodgorliklarida ham bo`ldilar. Buxoro sayohatidan shodlanib, 30-iyul kuni  “Afrosiyob” tezyurar poezdida Samarqand shahriga sayohatni davom ettirish maqsadida yo`l oldilar.
                                                 O’zbekiston musulmonlari idorasi
                                            Buxoro viloyati vakilligi axborot markazi.
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 07:00
Куёш: 07:53
Пешин: 13:10
Аср: 15:50
Шом: 17:30
Хуфтон: 18:50
Тўлиқ тақвим »
Сайтдан излаш
Аудио
Telegram