Musulmonlarga musulmonlar diydorini ko`rishdek baxt yo`q
29 июл 2017 й.
86 марта ўқилди.

 

 

 
Mehmondo`st  O`zbek xalqi mehmon kutishdan hech qachon charchamaydi. Buxoro xalqi esa    har bir tashrif buyuruvchilar qalbidan o`zgacha joy egallaydi. Shuning uchun bir bora Buxoroga tashrif buyurgan sayyohlar qayta Buxoroda bo`lishni istashadi. Olis-u yaqindagi musulmonlar Buxoroni Islom dini rivojiga katta hissa qo`shgan muqaddas shahar sifatida e`tirof etishadi.Shu yilning 26-iyul kuni kechki payt Rossiya Musulmonlar jamiyati raisi Albert Krganov va Rossiya diniy ulamolaridan tashkil topgan delegatsiya Buxoroi Sharifga tashrif buyurdi.Ularni o`zgacha hurmat va e`tibor bilan kutib olinganligi mehmonlarni baxtiyor etdi desak yanglishmagan bo`lamiz. 27-iyul tongida esa delegatsiya a`zolari “Boqiy Buxoro” majmuasida muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Karimov xotiralariga bag`ishlab tortilgan xayr-ehson dasturxoni atrofiga taklif etildi.Tadbir avvalida Buxoro viloyati bosh imom xatibi Mansur Nurullayev nutq  so'zladi. Nutq mazmuni O`zbekiston birinchi prezidenti faoliyati va ezgu ishlariga qaratilgan bo`lib, 25 yil davomida erishilgan yutuqlar va yaratilgan imkoniyatlar, qayta jonlangan O`zbekiston tarixi, Islom Karimov bilan birgalikda bosib o`tilgan mashaqqatli yo`l  haqida aytib o`tildi, so'ngra tilovati qur'on qilinib, ruhlariga baxshida qilindi.  Shundan so`ng dasturxonga buxorocha osh tortildi. Ikki davlat vakillari sifatida emas, qondosh aka-ukalardek maroqli va haqqoniy suhbat qurildi. Tadbir so`ngida delegatsiya a`zolari so`zga chiqib, Islom Karimov siymosi haqidagi ijobiy fikrlarni aytib o`tdilar. “ Biz Islom Karimov qurgan bundayin farovon davlatga havas bilan qaraymiz. Bu insonning tezlik bilan jahon hamjamiyatida o`zgacha nufuzga ega bo`lganligi tahsinga sazovor. Oqilona siyosat yurgizib, yoshlarni qo`llab-quvvatlagan siymoga javoban o`zbek yoshlarining erishgan yutuqlari hech kimga sir emas. Biz bu diyor xalqining bag`rikengligi va tantiligini o`zgacha qadrlaymiz,”deydi delegatsiya a`zolaridan biri. Shundan so`ng mehmonlar “Bahouddin Naqshband”  ziyoratgohi tomon yo`l oldilar. Prezidentimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan Mir Arab oliy madrasasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ta`lim oluvchilarga yaratilgan imkoniyatlarni ko`rib behad mamnun bo`ldilar.  So`ngra mehmonlar Mir Arab madrasasiga tashrif buyurishdi.Madrasaning butun musulmonlar o`rtasida buyuk nufuzga ega ekanligini aytib o`tdilar. Delegatsiya  a`zolari ichida 30 yil muqaddam “Mir Arab’ madrasasida tahsil olgan 4 nafar mehmon bu madrasa haqida maroq va faxr bilan so`zlab berdilar. Ta`lim maskanidagi qulayliklar va ta`lim-tarbiya muvozanatini o`zgacha e`tirof etdilar. Kunning ikkinchi yarmida esa naqshbandiya tariqatining asoschilarini bir-bir ziyorat etib, ularning ruhi poklariga o`qilgan duoga qo`l ochdilar. Bu tashrifdan asosiy maqsad Rossiya va O`zbekiston do`stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ikki davlat musulmonlari orasida hamkorlik o`rnatish, Islom dini yuzasidan fikr almashinish, bugungi kunda avj olayotgan diniy ekstremizm va aqidaparastlik xurujlaridan yoshlarni himoyalash va dinimizning asl mohiyatini ularga yetkazish, davlatlar o`rtasida keng ko`lamli hamkorlik qilishdan iborat ekanligini aytib o`tdilar.Shundan so`ng mehmonlar shahrimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishdi. Delegat a`zolari 29-iyul kuni ziyoratlar so`ngida o`z vatanlariga ulkan taasurotlar bilan qaytib ketdilar. 
 
                                                                                            O’zbekiston musulmonlari Buxoro
                                                                                              viloyati vakilligi axborot markazi
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:10
Куёш: 06:00
Пешин: 13:10
Аср: 18:05
Шом: 19:45
Хуфтон: 21:05
Тўлиқ тақвим »
Сайтдан излаш
Аудио
Telegram