Tuhfatul atfol xatmonasi
14 2018 .
790 қ.

 

“Tuhfatul atfol” xatmonasi

“Albatta, Allohning kitobi (Qur’on) ni tilovat qiladigan, namozni to’kis ado etadigan va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq-ehson qiladigan zotlar hargiz kasod bo’lmaydigan oldi-sotdi (ya’ni ulardan yaxshi amal va infoq-ehson, Allohdan ajr mukofot bo’lishi)dan umidvordirlar. Zero, (Alloh) ularning ajrlarini komil qilib berur va o’z fazlu karamidan ularga yana ziyoda (mukofotlar) ham berur. Albatta, U mag’firatli va shukr qilivchi (ozgina yaxshi amal uchun ko’p mukofot ato qiluvchi)dir” (Fotir, 29-30).
Oisha (roziyallohu anho) rivoyat qiladilar: Rosululloh (sollallohu alayhi vasallam) bunday dedilar: “Qur’onni muhabbat bilan tilovat qiluvchi qori, ulug’ farishtalar bilan bir maqomdadir, tili qiynalib tilovat qiluvchiga esa ikki barovar ko’p ajr bo’ladi” (Buxoriy va Muslim rivoyati). 
Agar Qur’on o’quvchi tilovatni mukammal ado etsa va bu ishda bardavom bo’lsa, yuksak darajalarga erishadi, Alloh taolo uni qiyomat kuni payg’ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solih bandalar bilan hashr (jamlaydi) qiladi. Qur’oni Karimni o’rganish uchun ko’plab kitoblar ta’sis etilgan, nazmiy va nasriy bayonlari bitilgan. Mana shunday manzumalardan: “Tuhfat ul-Atfol”, “Matnul Jazariy” hamda “Matnush Shotibiy” kabilar shular jumlasidandir.  
 “Jo’ybori Kalon” O’MIBY talaba qizlari noyabr oyining avvalida Shayx Sulaymon Jamzuriy hazratlarining “Tuhfat ul-Atfol fi ilmit tajvidil Qur’an” nomli manzumalarini yodlashni boshlashdi.
 Mazkur manzuma muallifi Shayx Sulaymon Jamzuriy hazratlari mil. 1139-yilda Misrning Tonto shahri yaqinida yashovchi ahli ilmlar oilasida dunyoga kelganlar. Hazrat avval fiqh ilmlarini o’rganganlar so’ngra qiroat ta’limi bilan shug’ullanganlar. Ustozlari Nuriddin Ali ibn Amr ibn Hamd ibn Umar ibn Nojiy ibn Qunaysh hazratlari bo’lgan. Ustozlari Miyh shahrida tug’ilganlar shu sababli “Al Miyhiy” nisbati berilgan. Ushbu manzuma 61 baytdan iborat bo’lib, aruz vaznida yozilgan va sukunlik nun, mim hamda madlarga bag’ishlangan kitobdir.
Talaba qizlar mana shu manzumani juda qisqa muddat ichida vujuh bilan yodlashga, hukmlarini o’rganishga Alloh taoloning izni bilan muvaffaq bo’lishdi. Yodlagan qizlar orasida musobaqa uyushtirildi. Har bir ishtirokchining hifzi, tajvidi va tarannumini “Mir Arab” O’MIBY qiroat ustozi Abdulbosit domla Abdussomadov baholadilar. Musobaqa 3 yo’nalishda 100 ballik sistemada baholandi. 1- hifz yo’nalishi (50), 2- tajvid yo’nalishi (30), 3-yo’nalish tarannum bo’lib, (20) ballik sistemada baholanib borildi. 

Birinchi o’rin sohibasiga diplom va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining 6 juzlik “Tafsiri Hilol” kitoblari, ikkinchi o’ringa 3 juzlik “Ruhiy tarbiya” kitoblari, uchinchi o’ringa esa 2 juzlik “Islom tarixi” kitoblari qo’yildi va faol ishtirok etgan talabalarga ham faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari topshirildi. Sovrinni bilim yurti mudiri A. Inoyatov hamda mudarris J. Mavlonovlar topshirishdi va tadbir so’ngida talabalar va ustozlar haqlariga duo qilindi. Alloh taolodan toliba qizlarimizning olgan ilmlarini barokotli qilishini, ularni Qur’on hofizalaridan, O’z dinining xodimalaridan qilishini so’raymiz.
 
Toshkent islom instituti bitiruvchi talabasi Najmiddinova. R
 
«қ

-
: 04:30
: 05:15
: 13:10
: 18:30
: 20:10
: 21:45
Ңқ қ »
» »
»
Telegram