Янгиликлар
29 июл 2017 й.

 

 

 Mehmondo`st o`zbek xalqi mehmon kutishdan hech qachon charchamaydi. Buxoro xalqi esa    har bir tashrif buyuruvchilar qalbidan o`zgacha joy egallaydi. Shuning uchun bir bora Buxoroga tashrif buyurgan sayyohlar qayta Buxoroda bo`lishni istashadi. Olis-u yaqindagi musulmonlar Buxoroni Islom dini rivojiga katta hissa qo`shgan muqaddas shahar sifatida e`tirof etishadi.Shu yilning 26-iyul kuni kechki payt Rossiya Musulmonlar jamiyati raisi Albert Krganov va Rossiya diniy ulamolaridan tashkil topgan delegatsiya Buxoroi Sharifga tashrif buyurdi.Ularni o`zgacha hurmat va e`tibor bilan kutib olinganligi mehmonlarni baxtiyor etdi desak yanglishmagan bo`lamiz. 

 

батафсил»

28 июл 2017 й.

 

 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг жорий йилнинг 10-11 март кунлари Бухоро вилоятига ташрифи чоғида Бухоро вилоятида Мир Араб олий мадрасасини ташкил қилиш бўйича кўрсатмалар берилган эди.

батафсил»

23 июл 2017 й.

 

 

Muhtaram yurtboshimiz tashabbuslari bilan boshlangan ezgu amallar mantiqiy davomini ko`rish bizni doim g`ururlantiradi. “Mir Arab’’ madrasasiga oliy madrasa maqomini berganliklari xalqimizning necha yillik orzusi ushalganligining yaqqol isbotidir. Ham diniy, ham dunyoviy bilimga ega bo`lgan kadrlarni tayyorlash, ularning ma`naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ijodiy salohiyatini oshirish, Vatanga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash bizning asosiy va musharrak maqsadimiz ekanligi hech kimga sir emas. “Mir Arab” oliy madrasasidek muqaddas dargohga abiturientlar ichidan  eng munosiblarini tanlab olish muhim masala hisoblanadi. Ularning har tomonlama iqtidorlarini anglash, haqqoniy imtihon o`tkazish dolzarb masala sifatida e`tirof etiladi. Bu uchun shu soha mutahassislarini jalb etish zarur.    Bugun 23-iyul kunining muborak tongi  soat 8:00da “MirArab” oliy madrasasida imtihonlar boshlab yuborildi. Imtihonlarni tashkillashtirish va adolatli hakamlik qilishlari uchun mutasaddi tashkilot vakillari jalb etildi

батафсил»

21 июл 2017 й.

 

Куни кеча Тошкентдаги “Шайх Зайниддин” жоме масжидида “Ҳаж-2017” мавсумида зиёратчиларга хизмат кўрсатувчи гуруҳ раҳбарлари учун йиғилиш бўлиб ўтди.

батафсил»

11 июл 2017 й.

 

15 июндан бошлаб 2017-2018 ўқув йили учун мазкур олий ўқув юртига абитурентларнинг ҳужжатларини қабул қилиш бошланди. Белгиланган тартибга кўра, унга фақат Ўзбекистон мусулмонлари идораси тасарруфидаги ўрта махсус ислом билим юртларини тамомлаганлар ҳужжат топшириши мумкин. Олий мадрасага ҳужжат қабул қилиш 15 июль куни соат 20:00 га қадар давом этади.

батафсил»

07 июл 2017 й.

 

Сарҳисоб танлови

     тез кунда...

батафсил»

07 июл 2017 й.

 

Jannatmakon diyorimiz bo`ylab buyuk kelajak yo`lida dadil va salmoqli qadamlar tashlanmoqda. Buning isboti o`laroq, 10-11 mart kunlari muhtaram yurtboshimizning  Buxoro viloyatiga safarlari chog`ida, Mir Arab oliy madrasasi tashkil etish ko`hna maqomini tiklash g`oyasi ilgari surilgan edi. Mutasaddi tashkilotlarga vazifalar yuklatilgan edi. Xalqimiz bu kabi savobli ishlarni doim qo`lab-quvvatlaydi, o`zgacha ma`suliyat bilan yondashadi.Bu ezgu maqsad yo`lida barcha bir tanu bir jon bo`lib harakat qildi, qisqa fursatda bu orzu haqiqatga aylandi, niyatlar ushaldi. 

 

батафсил»

27 июн 2017 й.

 

 Mana bugun tong saharda butun jannatmakon yurtimiz jome' masjidlari bo`ylab ramazon hayiti namozi o`qildi.Jumladan, Buxoro viloyati aholisi ham 100 dan ortiq Jome masjidlarda Hayit namozini o`qishlilik sharafiga muyassar bo`ldilar.Bir oy davomida ado etilgan ro`za ibodatini karami keng Yaratganning o`zi dargohida qabul qilishligini qiblaga kaft ochib so`rashdi. O`tgan ro`za tutish mahalida g`oyibdan sabr-bardosh in`om etgan Haq sharafiga hamdu sanolar o`qidilar.Sihat-salomatlik, qut-baraka, tinchlik-totuvlik hech qachon arimasin deb duoga qo`l ochildi.

батафсил»

Бухоро -
Бомдод: 07:05
Куёш: 07:59
Пешин: 13:10
Аср: 16:20
Шом: 18:00
Хуфтон: 19:20
Тўлиқ тақвим »
Сайтдан излаш
Аудио
Telegram