Янгиликлар
07 июл 2017 й.

 

Jannatmakon diyorimiz bo`ylab buyuk kelajak yo`lida dadil va salmoqli qadamlar tashlanmoqda. Buning isboti o`laroq, 10-11 mart kunlari muhtaram yurtboshimizning  Buxoro viloyatiga safarlari chog`ida, Mir Arab oliy madrasasi tashkil etish ko`hna maqomini tiklash g`oyasi ilgari surilgan edi. Mutasaddi tashkilotlarga vazifalar yuklatilgan edi. Xalqimiz bu kabi savobli ishlarni doim qo`lab-quvvatlaydi, o`zgacha ma`suliyat bilan yondashadi.Bu ezgu maqsad yo`lida barcha bir tanu bir jon bo`lib harakat qildi, qisqa fursatda bu orzu haqiqatga aylandi, niyatlar ushaldi. 

 

батафсил»

27 июн 2017 й.

 

 Mana bugun tong saharda butun jannatmakon yurtimiz jome' masjidlari bo`ylab ramazon hayiti namozi o`qildi.Jumladan, Buxoro viloyati aholisi ham 100 dan ortiq Jome masjidlarda Hayit namozini o`qishlilik sharafiga muyassar bo`ldilar.Bir oy davomida ado etilgan ro`za ibodatini karami keng Yaratganning o`zi dargohida qabul qilishligini qiblaga kaft ochib so`rashdi. O`tgan ro`za tutish mahalida g`oyibdan sabr-bardosh in`om etgan Haq sharafiga hamdu sanolar o`qidilar.Sihat-salomatlik, qut-baraka, tinchlik-totuvlik hech qachon arimasin deb duoga qo`l ochildi.

батафсил»

27 июн 2017 й.

 

 Har bir millatning o`z tarixi, o`z qadriyatlari, o`z an`analari, o`z muqaddas dini, o`z bayramlari bor.O`zbek xalqining ham ming yillar davomida shakllangan udumlari va ming yillar davomida o`zgacha e`tirof qilib qadrlangan diniy bayramlari bor.Zardushtiylik diniga e`tiqod qilgan qadimgi o`zbek qabilalari VIII asrda Movarounnahrga kirib kelgan sof, mukammal Islom dinini muqaddas sanab, yorug` yuz va pokiza iymon bilan qabul qildi.Uning tub mohiyatini o`z qalbida kashf etdi.Bayramlarini mamnun nishonladi, farzlarini bajardi, gunohlariyu shirk amallaridan o`zini uzoq tutdi.Qutlug` Ramazon oyini bir yil intizorlikda kutdi, Hayit va Iyd Ramazon ayyomlarini ulug` kun  sifatida ko`rdi.O`zbek xalqi haqiqiy musulmon el sifatida Islom davlatlari orasida shuhrat topdi…O`tmishning qora sahifalarida esa 150 yil davomida millatimiz ma`naviyatini sindirishga qaratilgan hatti-harakatlar o`z tasirini ko`rsatdi.Masjidu ziyoratgohlar qarovsiz vayronalarga aylandi, diniy bayramlar nishonlash qat`iy taqiqlab qo`yildi.Muqaddas dinimizni qadrsizlantirishga astoydil harakat qilgan kuchlar maqsadiga yetolmadi, xalqimiz shuuridagi iymon shamchiroqlari o`chmadi, aksincha, balandlab yonaverdi.Istiqlol yillarida muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligi ostida muqaddas Islom dinimiz qayta ravnaq topdi.Diniy ayyomlarga keng ruhsat berildi, ziyoratgohlar obod qilindi, o`zbekka o`zligi qaytdi.2007-yil Aysesko tashkiloti tomonidan Toshkent shahriga ‘’Islom mamlakatlari poytaxti’’ maqomi berildi.Qutlug` Ramazon oylarida xalq uchun iftorlik dasturxonlari yoziladigan bo`ldi, dinimiz mazmun-mohiyatini bekamu-ko`st avlodlarga yetkazish dastur amal qilib belgilandi.O`zbek xalqi Ramazon oyi so`ngida Hayit va Iyd Ramazon bayramlarini bexavotir nishonlash baxtiga erishdi.

батафсил»

26 июн 2017 й.

 

 ‘’Umra 2017’’ safariga yo`l olgan ziyoratchi hamyurtlarimiz Ramazon oyining sanoqli kunlari qolganda ziyorat safarlarini ado etib qaytishga muyassar bo`ldilar.

батафсил»

25 июн 2017 й.

 

 

 Savobli ishlar bardavomligini ta`minlayotgan yurtboshimizni ham e`tirof etish zarur.Hayit ayyomidagina emas, balki har bir bayramda yurtimizda hech bir oila nazardan chetda qolmaydi.’’Millatlararo totuvlik, dinlararo bag`rikenglik’’tamoyiliga sodiq qolgan holda yurtimiz bo`ylab keng nishonlanadigan Hayit bazmida boshqa millat vakillari ham qo`llab-quvvatlanishi, bu bazmga jalb etilishi, bizning diyorda inson qadr-qimmatini naqadar ulug`lanishining yaqqol isbotidir

батафсил»

21 июн 2017 й.

 

 ‘’Minnat bilan ado etilgan yaxshilik va mehr-sahovat qumga yozilgan duo kabi.Qumga yozilgan yozuvlar qanchalik beqaror va qisqa umrli bo`lsa, ta`na qilib ado etilgan ezgu ishlar ham shuncha tez gunohga aylanadi’’. Imom Buxoriy ta`kidlagan ushbu so`zlar chin haqiqat va bugungi hayotda o`z isbotini topgan aksiomadir. Yaxshilikni ulashish keng dalaga bug`doy ekish, uning hosilini kutish esa ta`magirlikdir.Umr bo`yi bajarilgan savoblarni bir lahzalik nafsga quloq tutish yuvib ketishi mumkin.Qilgan yaxshiliklarini sarhisob qilib yurish shart emas, odamlar davrasida ularni aytib havolanish nodonlarning amalidur.

батафсил»

20 июн 2017 й.

 

                           Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

батафсил»

17 июн 2017 й.

 Buxoroda 15-iyun O`zbekiston birinchi prezidenti I.A.Karimov xotiralariga bag`ishlab ro`zadorlarga iftorlik dasturxoni yozildi.

батафсил»

Бухоро -
Бомдод: 05:05
Куёш: 05:57
Пешин: 13:10
Аср: 18:00
Шом: 19:40
Хуфтон: 21:00
Тўлиқ тақвим »
Сайтдан излаш
Аудио
Telegram