Nasl- nasabni pok saqlash
04 феврал 2022 й.
325 марта ўқилди.

Nasl- nasabni pok saqlash

Yaratgan parvardigorimga  Arsh kengligicha hamdu sano, Paygʻambarimiz havzi Kavsar sohibi,  ikki jahon sarvari boʻlgan Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamga durudu muborak, ham salovotu shariflar boʻlsin. 
Parvardigori olam yaratgan barcha mavjudodlar ichida tashqi va ichki jihatdan eng go'zal va mukarram qilib yaratgan bu uni xulqi ham chiroyli boʻlishini taqozo etadi. Ichki dunyomizni qanchalik bezasak, uni xulq bilan ziynatlasak, Yaratgan Robbimiz huzurida ham maqomimiz yuksalib, U zotning rizosiga erishishimiz osonlashadi.
Chunki Alloh taоlo "Shams" surasida: "Batahqiq, kim u (nafs)ni poklasa yutuqqa erishadi," deya eslatadi (9-оят).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham . Abdulloh Ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda: "Sizlarning eng yaxshilaringiz xulqi chiroyli bo'lganlaringizdir" deganlar. 
Afsuski, bugungi kunda biz musulmonlarga mana shu sifatlar yetishmayapti desak, xato bo'lmaydi. Chunki yoshlarimiz oʻrtasida oilaviy janjallar, kundalik hayotimizdagi oʻzaro kelishmovchiliklar, qaynona kelin munosabatlari, o'gʻil qizlarimizning ba'zi birlari "oila bu muqaddas dargoh ekani unda go'zal va pok naslimizni davom ettirishdek buyuk masʼuliyat borligi,bir-birini qadrlab, hurmat qilib tinch totuv yashab, o'zidan chiroyli  iz qoldirish" kabi yaxshi xislatlarni unutadilar. Turli ijtimoiy tarmoqlardagi bir-biriga nisbatan beodoblarcha munosabda boʻlishi yoki Alloh taolo qaytargan zino ishlarida qoʻl urish holatlari uchrab turibdi. 
"Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki ( bu) buzuqlikdir-eng yomon yoʻldir"  
(Irso surasi, 33 - oyat).
Oyatda "Zino qilmanglar" emas balki "Zinoga yaqinlashmanglar" deyilmoqda. Bu degani, zino qilmanglar, degandan koʻra qattiqroqdir. Moʻmin-musulmon odam zino qilish tugul, uning yaqiniga ham yoʻlamasligi kerak. Zinoga olib boruvchi narsalardan ham uzoqda boʻlishi lozim.
"Chunki(bu) buzuqlidir- eng yomon yo'ldir".
Alloh taolo moʻmin-musulmonlarni barcha fohisha ishlar va yomon yoʻllardan qaytargan. Endi ham fohisha ish, ham yomon yoʻl boʻlgan zinodan qaytarmoqda.
Moʻmin-musulmonlar bu ishning naqadar xatarli ekanini tushunib yetmoqlari va undan qaytmoqlari kerak.
Shu bilan birga, zino jamiyatga ham katta zararlar keltiradi, bora bora uni halok qilishi mumkin. Qadimdan zinoga mubtalo boʻlgan jamiyat va davlatlar halokatga uchragan.
Shunday ekan biz va sizlar muqaddas dinimiz taʼlimotlarini yoshlarga hamda oʻzimiz yashab turgan mahalla fuqarolari orasida sofligacha yetkazishimiz kerak. Ayrim yoshlarimizni notoʻgʻri yoʻldan qaytarib, ularni yod oqim, zinokorlik, buzgʻunchilik kabi illatlarga berilib qolishidan asrab avaylashimiz lozim.
Bu  qisqa fursatga berilgan dunyoda, Allohim yaratgan bandalariga yaxshi, oʻzi buyurgan, inson uchun farz qilib qoʻyilgan amallar bilan mashgʻul boʻlishimizni nasibi roʻzi aylasin. Amin !

Vobkent tuman “Istiqlol” M.F.Y otinoyisi O.Ochilova
 

 

«орқага

Фикр билдириш

Фикр беринг

Сизнинг исмингиз *:
E-mail *:
Фикр матни *:
Текшириш коди:


* - асосий қаторлар

Бухоро -
Бомдод: 04:35
Куёш: 05:20
Пешин: 13:10
Аср: 18:25
Шом: 20:05
Хуфтон: 21:40
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram