MOʼMING XOS XLOQ
27 2021 .
82 қ.

 
MOʼMING XOS XLOQ

lloh taolo bunday marhamat qiladi: “fvni qabul qilib oling, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz oʼgiring”. (ʼrof surasi, 199-oyat)
fv etish biror kishining ayb, yomon ishlarini kechirish, aybdorga nisbatan jazo berishga loyiq boʼlsa ham lutf koʼrsatib jazolashni tark etishdir. Kechirimli va sabr-toqatli boʼlish dinimizning asosiy tamoyillaridan biridir. yniqsa, oʼch olishga qodir boʼla turib kechirib yuborish goʼzal fazilat, oliy xulq namunasidir.
Oyatdagi “afv” soʼzining tafsiri manbalarda turlicha kelgan. Baʼzi mufassirlar u – bagʼrikenglik bilan oʼzgalarning uzrini qabul qilish, ogʼirlikni oʼziga olib, boshqalarga yengillik baxsh etish deb izohlaganlar.
Imom Tabariy rahmatullohi alayh bunday deydi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomdan ushbu oyatni sharhlab berishni soʼraganlarida U zot: “lloh taolo Sizga buyurib aytmoqda-ki, Sizga zulm qilgan kishini Siz afv eting, Sizga bermagan kishiga Siz bering, Sizdan uzilib ketgan kishiga Siz yaqinlashing”, deb sharhlaganlar.
Sahobalar Paygʼambarimiz alayhissalomdan: “Goʼzal xulq nima?”, deb soʼradilar. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: “fvni qabul qilib oling, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz oʼgiring”, oyatini tilovat qildilar.
fv goʼzal va maqtalgan axloqlarning asosidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimki uning uchun jannatda binolar qurilishini va darajalari koʼtarilishini xohlasa, zulm qilganni avf etsin, bermaganga bersin va orani uzganga silai rahm qilsin”, dedilar.
Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallamda bu fazilatlarning barchasi mujassam, soʼzlari va feʼllarida ham bu xulq ila ziynatlangan edilar, boshqalarni ham kechirimli boʼlishga undardilar.
Uboda ibn Sobit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarga lloh bandalarining darajasini nima tufayli balandga koʼtarishini aytaymi?”, dedilar. Sahobalar: “yting, yo Rasululloh”, deyishdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Senga jahl qilganga muloyim boʼlsang, zulm qilganni avf qilsang, seni mahrum qilganga inʼom qilsang, sendan aloqani uzgan bilan aloqani bogʼlasang”, dedilar.
Nabiy alayhissalom kechirimli, shafqatli va rahmdil boʼlishda peshqadam edilar. Makka ahli u zot alayhissalomning yoʼllariga tikonlar sochishar, sajda qilib turganlarida tuyaning ichaklarini tashlab ketishar va doimo mazah qilishar edi. Bu hol bir yoki ikki yil davom etgani yoʼq, balki oʼn uch yil muttasil davom etdi. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni avf etdilar, haqqiga duo qildilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqlari bilan tarbiyalangan sahobalar roziyallohu anhum ham oʼzlariga zulm qilganlarni kechirishda barchaga namuna boʼldilar.
Bu haqda Ibn bbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Uyayna ibn Hisr degan kishi Hazrat Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning huzuriga kirib: “Ey, Xattobning oʼgʼli, lloh nomi ila qasam ichib aytamanki, sen bizning oʼrtamizda adolat bilan hukm chiqarmayapsan”, dedi. Bundan Umar roziyallohu anhuning gʼazabi chiqdi, hattoki endi bir kor-xol boʼladi, deb atrofdagilar qaygʼuga tushib qolishdi. Shunda sahobalardan biri: Ey, amiral moʼminin, lloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: “fvni qabul qilib oling, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz oʼgiring”, deb buyurmaganmidi, u odam johillardan”, dedi. Hazrat Umar roziyallohu anhu Qurʼon tilovatini eshitishi bilanoq, gʼazabini yutdi hamda llohning xitobiga muvofiq ish tutdi.
Rasullloh sollallohu alayhi vasallam xatokorning aybini kechib yuboruvchilarni lloh taolo kechirishi haqida bunday deganlar: “vf bandaga izzatdan boshqani ziyoda qilmas. Bas, afv qiling. lloh sizni aziz qiladi. Sadaqa molga koʼpayishdan boshqani ziyoda qilmas. Bas, sadaqa qiling. lloh azza va jalla sizga rahm qiladi”.
Boshqa rivoyatda esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Oʼch olishga haqli boʼla turib, kechirib yuborgan kishi uchun, Men jannatning oʼrtasidan bir qasr berilishiga kafilman”, deganlar.

Peshku tuman "Xoʼja Peshku" jomeʼ masjidi

imom xatibi Karimov Olimjon 

«қ

-
: 05:55
: 06:34
: 13:10
: 17:10
: 18:55
: 20:25
Ңқ қ »
» »
»
Telegram